Samarqandda xorijiy mamlakatlar kino kunlari davom etmoqda
Foto: Abdulaziz Yo'ldoshev / Xalq so'zi
Samarqand shahridagi “Sharq yulduzi” kinoteatrida “Ipak yoʻli durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida xorijiy mamlakatlar kino kunlarining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Respublikamiz va xorijlik taniqli aktyorlar, prodyuser va rejissyorlar tashrif buyurgan kinofestival Belarus kinoijodkorlarining “Oʻyinchi taqdiri”, “Prantish Virvichning sarguzashtlari”, “Qoʻporuvchi taqdiri” filmlari namoyishi bilan boshlandi. Ayniqsa, rejissyor va prodyuser Dmitriy Astraxan tomonidan suratga olingan “Qoʻporuvchi taqdiri” filmi tomoshabinlar eʼtirofiga sazovor boʻldi.
Dmitriy Astraxanning aytishicha, nemis bosqinchilariga qarshi kurashgan qahramonlar taqdiri filmning asosiy mazmunini tashkil etadi. Filmni suratga olishda arxiv maʼlumotlaridan keng foydalanib, qahramonlar obrazi yaratilgan.
Tadbir doirasida “Nurafshon” madaniyat saroyi va “Family Park” savdo-koʻngilochar markazidagi kinoteatrda festival qatnashchilari bilan ijodiy uchrashuvlar oʻtkazildi.
Samarqandda xorijiy mamlakatlar kino kunlari davom etmoqda.
Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring