Samarqandda Xitoyning gʻoʻza navlari yetishtiriladi
Samarqand davlat universitetiga Xitoyning Shinjon qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi vitse-prezidenti Alifu Aershi boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Bu haqda Samarqand davlat universiteti Axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, mehmon bilan Samarqand davlat universiteti rektori, Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi Rustam Xolmurodov uchrashdi. Muloqotda SamDUda tashkil etiladigan Oʻzbekiston-Xitoy qishloq xoʻjaligi ekinlari seleksiya va urugʻchiligi markazining asosiy maqsad va vazifalari belgilab olindi.
Bunda birinchi bosqichda Xitoyda yaratilgan gʻoʻza navlarini Samarqand sharoitida oʻsib rivojlanishi va hosildorlik koʻrsatkichlarini sinab koʻrish hamda paxta yetishtirishda Xitoyning ilgʻor agrotexnikasini qoʻllashga kelishildi. Keyingi bosqichlarda gʻoʻza va gʻallaning qurgʻoqchilik, kasallik va shoʻrlanishga chidamli, yuqori hosildor navlarini zamonaviy gen muhandisligi usullari yordamida yaratish ishlarini boshlash rejalashtirilgan. Tomonlarning moliyaviy koʻmagi va hamkorlikda olinadigan xalqaro grantlar hisobiga zamonaviy gen muhandisligi laboratoriyasini tashkil etishga kelishildi.
Ushbu hamkorlikning ilk bosqichlari 2025-yilning mart aprel oylarida boshlanadigan boʻldi.
Maʼlumot uchun, Samarqand davlat universiteti olimlari 2024-yilning iyun va sentyabr oylarida Xitoyning Shinjon qishloq xoʻjaligi fanlar akademiyasi va Shimoli-Gʻarbiy qishloq xoʻjaligi va oʻrmonchilik universitetiga 3 marotaba ilmiy safar uyushtirgan edi. Mazkur taʼlim muassasalari olimlari bilan gʻoʻza va bugʻdoyning hosildorligini oshirish hamda ekstremal sharoitlarga moslashgan yangi navlarini yaratish boʻyicha hamkorlik shartnomalari imzolangan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring