Samarqandda yoʻlovchi tashish xizmatlari yaxshilanmoqda
Samarqandda aholining transportga boʻlgan ehtiyojini qondirish, jamoat transporti yetmagan hududlarni qamrab olish maqsadida yana 10 ta yangi avtobus sotib olindi.
Ushbu avtobuslar Xitoyning yetakchi zavodlarida ishlab chiqarilgan boʻlib, 70 nafar yoʻlovchi sigʻimiga ega va toʻliq zamonaviy standartlar asosida jihozlangan.

Yangi avtobuslarning yoʻnalishlarga chiqarilishi natijasida korxona tomonidan qoʻshimcha 20 ta ish oʻrni yaratildi.
Yoʻlovchi tashish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan harakat tarkibini yangilash orqali yoʻlovchilarga qulay va xavfsiz xizmat koʻrsatish ishlari davom etmoqda. Joriy yil yakuniga qadar shahar avtobus parki yana qoʻshimcha transportlar bilan toʻldirilishi rejalashtirilgan.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- Bugun Eronga juda qattiq zarba berilishi mumkin – Tramp
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring