Samarqandda “Isuzu” jiddiy shikastlangan YTH sodir boʻldi (foto)

Samarqandda M-37a yoʻlida “Isuzu” rusumidagi yuk avtomashinasi bilan YTH sodir boʻldi. Bu haqda “Xalq soʻzi”ning viloyatdagi muxbiri Umid SORIYEV xabar qiladi:
“Bu yoʻl-transport hodisasi, bugun 28-may kuni M-37a “Samarqand shahar aylanma yoʻli”da sodir boʻlgan. Voqea joyidan tasodifan oʻtaturib, koʻrgan holatni tasvirga olishga ulgurdik. Siz suratda koʻrayotgan davlat raqami 80 V 670 OA boʻlgan Isuzu yuk mashinasi boʻlib, uning old salon qismi yukxonagacha kirib ketganligi tasvirlardan aniq namoyon boʻlmoqda. Yuk mashinasining old tomoni koʻtarma kran yordamida, evakuator yuk mashinasiga ortilayotganligi koʻrinib turibdi, deya xabar bermoqda muxbirimiz.
Muxbirimiz, mazkur holat yuzasidan batafsil maʼlumot olish uchun, Samarqand viloyati IIB YHXB matbuot xizmatiga qoʻngʻiroq qilgan. Ammo hech kim qoʻngʻiroqlarga javob bermagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va BAAning “Manara” markazi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring