Samarqandda ikki kishi poyezddan 800 kg dan ortiq koʻmir oʻgʻirlab ketmoqchi boʻldi
Samarqand viloyatida ikki fuqaro poyezdning yuk vagonidan koʻmir oʻgʻirlamoqchi boʻldi, deb xabar qildi IIV matbuot xizmati.
Maʼlumotlarga koʻra, 10-noyabr kuni soat 21:21 da Zirabuloq-Ziyovuddin stansiyalari oʻrtasida koʻmir mahsulotlari tashuvchi Maroqand-Tinchlik yoʻnalishi boʻyicha harakatlanayotgan yuk poyezdi 3810 km masofada toʻxtab, qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanayotgan yuk poyezdini aylanib oʻtgan.
Shundan soʻng, Samarqand viloyati Narpay tumani Doʻstlik mahallasida yashovchi 1980-yilda tugʻilgan va 1982-yilda tugʻilgan fuqarolar yarim ochiq vagondan 755 kilogramm koʻmir mahsulotini oʻgʻirlab ketayotgan vaqtda ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring