Xitoyda Huarong International sobiq rahbari 155 million dollarlik pora uchun qatl etildi
Xitoy hukumati davlatga qarashli moliyaviy kompaniya China Huarong Internationalning sobiq bosh direktori Bay Tyanxuega nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi, deb xabar bermoqda Reuters.
Maʼlumotlarga koʻra, moliyachi jami 1,1 milliard yuan (taxminan 155,6 million dollar) miqdorida pora olganlikda ayblangan.
2023-yil may oyida Tyanszin sudi Bay Tyanxueni korrupsiyada aybli deb topib, uni oliy jazo – oʻlimga hukm qilgandi. Uning sobiq rahbari Lay Syaomin ham xuddi shunday jinoyatlar uchun 2021-yilda qatl etilgan edi.
Taʼkidlash joiz, soʻnggi yillarda Xitoy keng koʻlamli antikorrupsiya kampaniyasi doirasida koʻplab mansabdorlarni, jumladan yuqori lavozimli amaldorlarni ham lavozimdan ozod qilib, turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilmoqda. Baʼzilari esa umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring