Samarqandda haydovchisi uxlab qolgan “Cobalt” avtobusga urildi
Foto: Samarqand YHXB
Samarqand shahrida “Cobalt” va yoʻlovchi avtobusi ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea bugun, 2-noyabr kuni soat 06:10 larda Samarqand shahri Afrosiyob mahallasi hududidan oʻtgan Shohizinda koʻchasida sodir boʻlgan.
“Cobalt” rusumli avtomobil haydovchisi Shohizinda koʻchasi boʻylab harakatlanib kelayotgan vaqtida uxlab qolib, rul boshqaruvini yoʻqotgan. Oqibatda yoʻlning chap tomonidagi temir toʻsiqni buzib oʻtib, yoʻlning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketib, oʻz yoʻlida harakatlanib kelayotgan “Asiastar” rusumli avtobus bilan toʻqnashgan.
Hodisa tufayli yengil avtomobil haydovchisi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan, avtobus ichida yoʻlovchilar boʻlmagan. Transport vositalariga shikast yetgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB TB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring