Samarqandda “Gentra” ikki piyodani urib ketdi

17:46 18 Fevral 2025 Jamiyat
461 0

Foto: IIV

Samarqand viloyatida svetoforning taqiqlovchi ishorasida harakatlangan “Gentra” yoʻl chetida turgan ikki piyodani urib yubordi. Holat boʻyicha Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl xavfsizligi xizmati maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, voqea kecha, 17-fevral kuni taxminan soat 14:10 da viloyatning “Buxoriy” mahallasi hududidan oʻtuvchi Nurpoya koʻchasida yuz bergan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videodan koʻrinadiki, yoʻl harakati qoidalarini qoʻpol ravishda buzib, svetoforning qizil chirogʻida harakatni davom ettirgan “Gentra” rusumli avtomobil qoida boʻyicha oʻz yoʻnalishida kelayotgan “Cobalt”ga borib urilgan. Toʻqnashuv zarbidan boshqaruvni yoʻqotgan “Gentra” yoʻlning oʻng chetida turgan ikki piyodani urib yuborgan.

YHXBga koʻra, hodisa oqibatida tan jarohati olgan piyodalar zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan. Hozirda masʼul tashkilotlar tomonidan hodisaning barcha tafsilotlarini aniqlash uchun dastlabki tergov harakatlarini olib bormoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?