Samarqandda gaz portlashi oqibatida 6 kishi halok boʻldi
Videodan kadr
Samarqand shahrida gaz portlashi oqibatida 6 kishi halok boʻldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 9-may kuniga oʻtar kechasi Samarqand viloyati Samarqand shahar “Bogʻisaroy” MFY Spitamen koʻchasida joylashgan uylarning birida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir boʻlgan. Hodisa yuzasidan FVBga maʼlumot kelib tushganidan soʻng, yongʻin-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borib, baxtsiz hodisa oqibatlarini bartaraf etishga kirishgan.
Chaqnash oqibatida hosil boʻlgan kinetik zarbadan uyning temir-beton konstruksiyalari qulab tushgan. Portlash tufayli 3 qavatli uyning barcha qavatlari va yertoʻla qismi zararlangan. Yongʻin sodir boʻlmagan.
Olib borilgan harakatlardan soʻng, vayronalar ostidan 6 nafar fuqaroning jasadi topilgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi ishchi guruhi rahbarligida Samarqand viloyati FVB boshligʻi, prokuratura, Ichki ishlar boshqarmasi, Sogʻliqni saqlash boshqarmasi, Milliy gvardiya, “Hududgaztaʼminot” xizmatlaridan tezkor shtab tuzilib, vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Bunga 10 ta asosiy va maxsus yongʻin-qutqaruv texnikalar va Favqulodda vaziyatlar davlat tizimining kuch vositalari jalb etilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring