Samarqandda erkak oʻzini yuk mashinasi ostiga tashlab, joniga qasd qildi
Videodan kadr
Samarqand viloyatida 41 yoshli erkak oʻzini yuk mashina ostiga tashlab joniga qasd qildi. Bu haqda “Xalq soʻzi”ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, hodisa 27-oktyabr kuni soat 12:30 larda Paxtachi tumani “Amirobod” mahallasidan oʻtuvchi M-37 avtomobil yoʻlining Samarqand-Buxoro yoʻnalishi 139-km da sodir boʻlgan.
Xatirchi tumani “Polvonota” mahallasida yashagan 41 yoshli ruhiy kasal A.B. fuqaro Yu.Y. boshqaruvida boʻlgan Man yuk avtomashinasi ostiga oʻzini tashlab, joniga qasd qilgan. Hodisa oqibatida A.B. voqea joyida vafot etgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan marhum shaxsga nisbatan sud tibbiy ekspertiza tayinlangan. Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi xodimlariga tabrik yoʻlladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring