Samarqandda elektromontyor 20 mln soʻm bilan ushlandi
Samarqand shahrida elektr energiyasidan yuzaga kelgan qarzdorlikni kamaytirib berishni vaʼda qilgan elektromontyor ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda “Energosavdo” Samarqand shahri boʻlimi elektromontyori A.B. fuqaro O.Sh.ning savdo doʻkonida elektr energiyasidagi qoidabuzarligi uchun tuzilgan dalolatnoma boʻyicha hisoblangan 113 mln soʻmlik qarzdorligini kamaytirib berishi evaziga 20 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq joriy yilning may oyida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishlar natijasida tizimga 94,8 mlrd soʻmlik zarar yetkazilgani haqida xabar berilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- Bugun Eronga juda qattiq zarba berilishi mumkin – Tramp
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring