Samarqandda baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha jahon chempionati yakunlandi
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Samarqandda oʻtkazilgan baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha jahon chempionatida 50 dan ortiq mamlakatdan 500 nafarga yaqin sportchi dunyo birinchiligi uchun bellashdi.
Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Powing&Canoe federatsiyasi hamda Xalqaro kanoe federatsiyasi (ICF) koʻmagida tashkil etilgan mazkur chempionatda ishtirokchilar uch kun davomida 200, 500, 1000 hamda 5000 metr masofalarda startga chiqdi.

Chempionatning soʻnggi final bahslarida eshkak eshuvchilar 5000 metr masofaga 4 ta dastur bilan ishtirok etdi. Afsuski, unda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari shohsupaga koʻtarila olmadi. Kanoechimiz Nurislom Toʻxtasin oʻgʻli shohsupaga koʻtarilishga juda yaqin keldi. Biroq u yakunda marra chizigʻini toʻrtinchi boʻlib kesib oʻtdi.
Ayollar oʻrtasidagi poygada Dilnoza Rahmatova oʻninchi natijani qayd etdi. Xuddi shu masofada baydarkachilar oʻrtasidagi bellashuvda Yaroslav Slavgorodskiy oʻn uchinchi koʻrsatkichga ega boʻldi. Ayollar bahsida yana bir sportchimiz Shahrizoda Mavlonova finishga yetib kela olmadi.

Musobaqalar natijasiga koʻra, Xalqaro kanoe federatsiyasi (ICF) bayrogʻi ostida harakat qilgan sportchilar umumjamoa hisobida birinchilikni qoʻlga kiritdi.
Shuningdek, musobaqa davomida Vengriya, Portugaliya, Xitoy, Germaniya, Ispaniya hamda Polsha mamlakatlari sportchilari shohsupaga koʻtarildi.

Chempionat yakunida gʻolib va sovrindorlar taqdirlandi.
Aytish kerakki, Samarqanddagi eshkak eshish kanali bejiz musobaqa oʻtkaziladigan joy sifatida tanlanmagan. Chunki, ushbu maskan Markaziy Osiyoda bunday turdagi yagona sport inshooti boʻlib, 2023-yilning 25-30-aprel kunlari bu yerda baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha Osiyo chempionati oʻtkazilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring