Samarqandda 18 kg kumushni noqonuniy sotayotganlar ushlandi

17:38 15 Oktyabr 2025 Jamiyat
358 0

Foto: DXX

Samarqand viloyatida kumush qimmatbaho metallining noqonuniy savdosiga chek qoʻyildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, DXXning Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Narpay tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Navoiy viloyatida yashovchi, 1980, 1983 va 1987-yillarda tugʻilgan 3 nafar shaxs “shartli xaridor”ga 18 kg kumush qimmatbaho metall qotishmasini har bir grammini 11,7 ming soʻmdan hisoblab, jami 21 ming AQSh dollariga sotgan vaqtida jinoyat ustida ushlangan.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasining tegishli xulosasiga koʻra, ashyoviy dalil sifatida olingan mazkur metallning sof ogʻirligi 16 kg 744 gr boʻlib, asillik darajasi “999” ekani aniqlangan.

Shuningdek, tegishli baholash xulosasiga koʻra, ushbu kumush metallning narxi 502 mln 344 ming soʻmni tashkil etadi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, ushbu qimmatbaho metallning kelib chiqish manbasini aniqlash boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?