Samarqandda 1000 nafar oʻqituvchi va shifokorlar donorlik qildi

18:20 26 Mart 2022 Jamiyat
1361 0

Foto: SSV matbuot xizmati

Sogʻliqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan boshlangan “Qon topshir — hayot inʼom et!” xayriya aksiyasi tizimning hududiy muassasalarida ham qizgʻin davom etmoqda.

Xususan, Samarqand davlat tibbiyot instituti rektori, professor Jasur Rizayev boshchiligidagi 1000 nafar professor-oʻqituvchi va shifokorlari, magistratura hamda klinik ordinatura talabalaridan iborat koʻngillilar guruhi viloyat qon quyish markazida begʻaraz donor sifatida qon topshirdi.

Samarqand davlat tibbiyot instituti tarkibida ikkita klinika faoliyat koʻrsatib, ayni paytda ularda qator murakkab jarrohlik operatsiyalari, shuningdek, tugʻruq amaliyotlari oʻtkazilmoqda. Bu jarayonlarda esa, tabiiyki, qon zaxiralariga ehtiyoj katta.

Viloyatda donorlik qoniga ehtiyoji boʻlgan koʻplab bemorlar borki, ushbu xayriya aksiyasi ortidan ularning ham mushkuli oson boʻlib, sogʻlom hayotga qaytishiga umid uygʻonadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?