Samarqandda 10 kunda 8 kishi is gazidan zaharlanib, vafot etdi
Bu haqda Pastdargʻom tumani FVB vakili Sirojiddin Abdullayev brifingda maʼlum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, viloyatda shu oʻn kun ichida is gazidan zaharlanish bilan bogʻliq 4 ta holat qayd etilgan.
“Viloyatda is gazidan zaharlanish oqibatida 8 kishi vafot etgan va 1 kishi ogʻir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan. Halok boʻlgan 8 nafardan 5 nafari voyaga yetmagan bolalardir”, - dedi u.
Oʻrganishlarda tabiiy gaz tarmogʻiga ulangan qoʻlbola isitish pechining tutun chiqarish moʻrisi tozalanmasdan, kechasi pechni yoqib uxlash oqibatida zaharlanish va oʻlim holati yuzaga kelgani maʼlum boʻlgan.
Ikkita holatda isitish pechining moʻrisidan bahor, yoz davrida in qurgan qushlarning uyasi chiqqan boʻlsa, boshqa holatda moʻri ichiga qushlarning uy qurmasligi uchun latta tiqib qoʻyib, uni olib tashlamasdan, isitish pechidan foydalanilgani aniqlangan.
Oqibatda barcha zaharli gazlar xona ichiga toʻplanib, fuqarolarning oʻlimiga sabab boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring