Samarqand viloyatidagi yopiq muassasalarga amalga oshirilgan monitoring tashriflari yakunlariga koʻra, mutasaddi vazirlik va tashkilotlarga Ombudsman talabnomalari kiritildi

17:03 11 Sentyabr 2023 Jamiyat
255 0

Joriy yilning 4-7-sentyabr kunlari Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) xodimlari tomonidan Samarqand viloyatida joylashgan bir qator harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan muassasalarga, xususan, 7-son tergov hibsxonasi va 37-son Manzil-koloniya, maxsus qabulxona, reabilitatsiya qilish markazi, Payariq, Ishtixon, Nurobod, Urgut va Tayloq tumanlari hamda Samarqand shahar Ichki ishlar organlarining vaqtincha saqlash hibsxonalariga monitoring tashriflari amalga oshirildi.

Qayd etib oʻtilgan muassasalarga amalga oshirilgan monitoring tashriflari davomida avvalgi yillarda oʻtkazilgan monitoring tashriflari davomida berilgan tavsiyalarning bajarilganligiga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, monitoring tashriflari davomida shaxslarni saqlash sharoitlari, yaqin qarindoshlari va advokatlar bilan uchrashuv xonalari holatlari, yashash va ovqatlanish, mehnat qilish sharoitlari oʻrganildi.

Monitoring tashriflari davomida yuqorida qayd etib oʻtilgan harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan muassasalarda avvalgi monitoring tashriflari davomida berilgan tavsiyalar yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilgan.

Shu bilan bir qatorda, ayrim kamchiliklar hanuzgacha saqlanib qolayotganligidan kelib chiqib, ularni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi vazirlik va tashkilotlarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori asosida talabnomalar kiritildi.

Ombudsman hamda uning huzuridagi milliy preventiv mexanizm doirasida faoliyat yurituvchi Jamoatchilik guruhlari tomonidan respublika boʻylab harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan muassasalarga monitoring tashriflari davom ettiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер