Samarqand viloyatidagi MTM tarbiyachilari sifatsiz koʻmirdan nega briket (tappi) tayyorlashdi? — vazirlik munosabat bildirdi
Foto: davletov.uz
Maktabgacha taʼlim vazirligi Samarqand viloyatida maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyachilari sifatsiz koʻmirdan briket (tappi) tayyorlayotgani haqida xabarlarga munosabat bildirdi.
Xususan, Maktabgacha taʼlim vaziri oʻrinbosari Shodiyor Mamatqulov shunday dedi:
— Ushbu holat Samarqand viloyati Tayloq tumanidagi 30-sonli maktabgacha taʼlim muassasasida boʻlgan. Ushbu muassasaga 11 tonna koʻmir keltirilgan. Ana shu koʻmirning 400-500 kilogrammi maydalangan, sifatsiz koʻmir shaklida boʻlgan va shu sababli xodimlar tomonidan shu holatda tayyorlangan.
Maktabgacha taʼlim muassasasi direktori koʻmirni uvol qilmaslik maqsadida oʻz ixtiyorlari bilan qoʻlbola briketlarni yasagani maʼlum boʻldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- “Real Madrid” alamli tarzda magʻlubiyatga uchradi
- Ostonadagi kinoteatrda yirik yongʻin yuz berdi (+video)
- Inson hayotidagi bosqichli davrlar. Qarish jarayoni bir tekis kechmasligi maʼlum boʻldi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring