Samarqand va Buxoroda sud boshqaruvchilari pora bilan qoʻlga olindi
Foto: Videodan kadr
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi departament bilan hamkorlikda Buxoro, Samarqand va Jizzax viloyatlarida tezkor tadbirlar oʻtkazildi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departament bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda Buxoro shahrida joylashgan Geodeziya va topoxaritalar tuzish bilan shugʻullanuvchi masʼuliyati cheklangan jamiyat rahbari mahalliy qurilish firmasiga qarashli 701 metr kvadrat boʻlgan yer maydonida koʻp qavatli uy qurish uchun arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini vakolatli tanishlari orqali tayyorlatib berish evaziga 25 ming dollar talab qilib, oldindan 12,5 ming dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, undan arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini tayyorlab berish evaziga 5 ming dollar olgan vaqtida viloyat qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasida boʻlim boshligʻi lavozimida ishlovchi mansabdor tanishi ham qoʻlga olingan.
Oʻzbekiston sud boshqaruvchilari assotsiatsiyasining Samarqand viloyati boʻlimi sud boshqaruvchisi Samarqand shahar iqtisodiy sudining hal qiluv qarori bilan Samarqand tumanidagi xoʻjalik mollari savdosi bilan shugʻullanuvchi oilaviy korxonani tugatish boshqaruvchisi etib tayinlangan.
U korxona faoliyatini tekshirish davomida, amaldagi qonun hujjatlari talablarini buzgan holda 1 milliard 916 million soʻm pul mablagʻi boshqa shaxslarga moliyaviy yordam sifatida oʻtkazib yuborilgani holatini aniqlagan va ushbu pul mablagʻi qaytarilmasdan korxonani bankrot deb eʼlon qilish masalasini ijobiy hal qilib berish evaziga 1,2 ming dollar talab qilgan. Hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda sud boshqaruvchisi soʻralgan pul mablagʻini olgan vaqtida ushlangan.
Oʻzbekiston sud boshqaruvchilari assotsiatsiyasining Buxoro viloyati boʻlimi sud boshqaruvchisi Gʻijduvon tumanlararo iqtisodiy sudining hal qiluv qarori bilan Shofirkon tumanidagi bino-inshootlarni qurish va taʼmirlashga ixtisoslashgan masʼuliyati cheklangan jamiyatni tugatishga masʼul etib tayinlangan.
Lekin u mansab mavqeyini suiisteʼmol qilgan holda MCHJ rahbarini ishonchiga kirib, aldov yoʻli bilan, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan qayta tekshiruv oʻtkazilmasi hamda davlat reyestridan chiqarishda sud va soliq idoralaridagi mansabdor tanishlari orqali yordam berish evaziga 1000 dollar talab qilib, muqaddam 200 dollar olgan. Sud boshqaruvchisi qolgan 800 dollarni olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va prokuratura organlari xodimlari tomonidan ushlangan.
2023-yilning sentyabr oyida Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻyicha ayblanuvchi tomonidan yetkazilgan zarar qoplangani bois, 2024-yilning yanvar oyida Jinoyat ishlari boʻyicha Zafarobod tuman sudining hukmi bilan, unga nisbatan 18 oy muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.
Jizzax shahrida faoliyat yurituvchi advokatlik byurosi rahbari esa oʻzining himoyasida boʻlgan mazkur sudlanuvchining qarindoshlaridan muqaddam shartnoma asosida 5 million soʻm, shuningdek, shartnomasiz 4,9 ming dollar olgan boʻlsa-da, ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo tayinlanishida goʻyoki huquq-tartibot idoralaridagi tanishlariga pul berganini aytib, yana 3 ming dollar olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ushlangan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring