Samarqand tumanida qurilayotgan majmuada 10 mingga yaqin ish oʻrni boʻladi
Фото: Президент Матбуот хизмати
Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand tumanida barpo etilayotgan savdo, sanoat va servis majmuasining qurilish maydonida boʻldi. Uning hududi 37 gektar. Bu yerda umumiy qiymati 2 trillion 79 milliard soʻmlik 7 ta loyiha amalga oshirilmoqda.
Ulardan birinchisi – avtomobillar ehtiyot qismlari bozori yaqinda ishga tushiriladi. 11 gektarni egallagan savdo doʻkonlarida 3 mingta ish oʻrni yaratiladi.
Ayni paytda gazoblok, penoplast, ohak va zichlagich ishlab chiqarish korxonalari qurilishi jadal olib borilmoqda. Ular shu yil oxirida foydalanishga topshiriladi. Shuningdek, kelgusi yillarda “Koʻksaroy avtomoll” savdo va koʻngilochar markazi, oynaga ishlov berish, plastik va alyumin romlar korxonasi qurib bitkazilishi rejalashtirilgan.
Umuman, ushbu loyihalarda oʻn mingga yaqin aholi doimiy ish bilan taʼminlanadi.
Davlatimiz rahbari buning ahamiyatiga alohida toʻxtalib, loyihalarni tezlashtirish, shu yerning oʻzida ishlab chiqarishlarni yoʻlga qoʻyish, ishsiz aholi bandligini taʼminlash muhimligini taʼkidladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring