Samarqand davlat tibbiyot universiteti va Turkiyaning Pamukkale universiteti oʻrtasida hamkorlik aloqalari oʻrnatildi

23:33 24 Yanvar 2024 Jamiyat
311 0

Foto: SamDTU matbuot xizmati

Yaqinda Turkiyaning Denizli shahrida Pamukkale universiteti tomonidan tashkillashtirilgan “Xalqaro termal salomatlik turizm forumi” boʻlib oʻtdi.

Amaldagi va muvaffaqiyatli qoʻllanilish misollarini baham koʻrishga qaratilgan xalqaro termal Sogʻliqni saqlash turizm forumi sektor muammolariga innovatsion va barqaror yechimlar ishlab chiqaradigan va tarmoq hamkorligi uchun keng qamrovli platforma yaratadigan muhitni taqdim etdi. Termal sogʻliqni saqlash turizmi sohasidagi soʻnggi ishlanmalarni almashish, tajriba oʻtkazish va kelajakdagi hamkorlik qilish imkonini berdi.

Xalqaro forumda jahonning bir qancha mamlakatlarining sogʻliqni saqlash muassasalari qatori Samarqand davlat tibbiyot universiteti vakillari ham ishtirok etdi.

Forum doirasida Samarqand davlat tibbiyot universitetining Jamoat salomatligi texnikumlari va akademik litsey boʻyicha prorektori Aziz Kubayev hamda Pamukkale universiteti rektori, professor, Ahmed Kutluhon bilan uchrashuv tashkil etilib, ikki tomonlama hamkorlik masalalariga qaratilgan memorandum imzolandi.

Memorandumga koʻra kelgusida ikki muassasa oʻrtasida oʻzaro hamkorlikda talabalar va professor-oʻqituvchilarning ilmiy tadqiqot ishlarini yuritishni tashkil etish, magistr va klinik ordinatorlarning akademik mobillik oʻtash dasturlarini amalga oshirish, taʼlim jarayonlarini tashkil etishda oʻzaro hamkorlikda ishlashga kelishildi.

Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtamiz, Pamukkale universiteti 1957-yilda Denizli shahrida dastlab oddiy maktab sifatida tashkil etilgan boʻlib, keyinchalik katta taʼlim universitetiga aylangan. U Turkiyaning eng taniqli davlat universitetlaridan biri hisoblanib, hozirgi kunda oliygohda 45000 nafar talaba tahsil olmoqda va 1400 rezident faoliyat olib bormoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер