Samarqand davlat tibbiyot institutining yangi binosi foydalanishga topshirildi

10:56 19 Oktyabr 2021 Jamiyat
493 0

Samarqand shahri kunida Samarqand davlat tibbiyot institutining yangi binosi foydalanishga topshirildi. 

Unda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov hamda shahar jamoatchiligi, institut professor-oʻqituvchilari, talaba yoshlar qatnashdi.

Maʼlumot oʻrnida aytish mumkin, mazkur obyektning qurilishi 2017-yilda boshlangan boʻlib, qisqa muddatlarda qurib bitkazildi.

Binoda 12 ta kafedra, 200 dan ortiq oʻquv xonalari, 15 ta laboratoriya xonalari mavjud. Barcha xonalar zamonaviy multimediya va IT texnologiyalar, interaktiv doska, oxirgi rusumdagi laboratoriya uskunalar va planshet monitorlar bilan jihozlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?