Samarqand bayram ogʻushida
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Azim kentda “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali sadolari tinmasdan turib bayram-bayramga ulashdi. Mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligi Samarqand viloyatida ham keng nishonlanmoqda.
Istiqlolimizning asosiy bayram tantanalari Samarqand shahridagi “Moʻjiza” amfiteatri va Qorasuv massividagi “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida boʻlib oʻtdi. Har ikki hudud eng ulugʻ, eng aziz bayramimizga mos qilib bezatilgan. Amfiteatr maydonida sahnalashtirilgan tomoshalar oʻziga xos tarzda namoyish etildi.
“Bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” degan ezgu gʻoyani oʻzida mujassam etgan bayram dasturlarida yurtimizdagi tinchlik-xotirjamlik va millatlararo totuvlik, ulkan bunyodkorlik ishlari, buyuk ajdodlarimizning maʼnaviy merosi va bugungi yosh avlodning bilim choʻqqilarini egallash borasidagi yutuqlari, sportchilarimiz erishayotgan natijalar badiiy chiqishlar orqali ifodalandi.
Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov tadbir ishtirokchilari va ular orqali butun viloyat ahlini eng ulugʻ, eng aziz bayram bilan tabrikladi.
Mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan Prezidentimiz farmonlariga koʻra, turli sohalarda faol mehnat qilayotgan, oʻzining tashabbuskorligi va fidoyiligi bilan boshqalarga ibrat boʻlayotgan bir guruh samarqandliklar davlat mukofotlari bilan taqdirlangani ham barchani cheksiz quvontirdi.
Poytaxtdan kelgan va samarqandlik sanʼatkorlarning Vatanni, tinchlik va osoyishtalikni madh etuvchi qoʻshiqlari bayram qatnashchilari kayfiyatiga koʻtarinkilik ulashdi.
Har ikki manzilda tadbirlar mushakbozlik bilan yakunlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida qisqa fursatga toʻxtagan Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni bilan uchrashuv oʻtkazdi
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring