Samaradorlik koʻrsatkichlari “qoniqarsiz” boʻlganlarning egallab turgan lavozimiga loyiqligi masalasi koʻrib chiqiladi
Farmonga koʻra, samaradorlik koʻrsatkichlarining bajarilishida rahbarlarning shaxsiy masʼuliyatini oshirish maqsadida:
— respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlarini ragʻbatlantirish toʻlovlari miqdori ularning samaradorlik koʻrsatkichlarini baholash natijalaridan kelib chiqib belgilanadi;
— chorak yakuni boʻyicha samaradorlik koʻrsatkichlariga erishish natijalari “qoniqarsiz” deb baholangan rahbarlar va ularning oʻrinbosarlariga ragʻbatlantirish toʻlovlari kelgusi 3 oy uchun toʻxtatiladi va ularga nisbatan intizomiy taʼsir choralarini qoʻllash masalasi koʻrib chiqiladi;
Bundan Vazirlar Mahkamasi Rayosatida samaradorlik koʻrsatkichlari asoslantirilgan sabablarga koʻra bajarilmaganligi tasdiqlangan hollar mustasno:
— yil yakuni boʻyicha samaradorlik koʻrsatkichlariga erishish natijalari “qoniqarsiz” deb baholangan rahbarlar va ularning oʻrinbosarlariga nisbatan ularning egallab turgan lavozimiga loyiqligi masalasi koʻrib chiqiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring