Salqin kunlarda qanday meva-sabzavotlar isteʼmol qilish kerak?
Havo haroratining pasayishi tana haroratiga ham taʼsir qilmay qolmaydi. Bunday sharoitda kaloriyaga boy, foydali mahsulotlar isteʼmoliga eʼtibor berish zarur.
— Sovuqda qon tomirlarimizda keskin torayish kuzatiladi. Issiq xonaga kirganda esa ular kengayadi, — deydi tibbiyot fanlari doktori, professor Nizom Ermatov. — Bu insonlarda qon bosimi oshishiga sabab boʻlishi mumkin.
Kartoshka qon tomirlarining holatini yaxshilashga yordam bera oladi. Uning tarkibidagi kaliy qon tomirlarining devorlarini elastik qiladi, qon aylanishini yaxshilab, bosimni barqarorlashtiradi.
Ildizmevali sabzavotlar va yogʻli goʻsht solingan qaynatilgan shoʻrva qishda, ayniqsa, foydali. Bunday sabzavotlarda uglevodlar koʻp boʻlib, qishning sovuq kunlarida boshqa sabzavotlarga qaraganda organizmga koʻproq energiya beradi.
Sabzavotlardan piyoz antioksidant sifatida ham muhim ahamiyatga ega.
Lavlagi va uning sharbati ham foydali vitaminlar va minerallarga boy boʻlgan mahsulot hisoblanadi.
Nonda juda koʻp B vitaminlari mavjud, yaʼni ular asab tizimining silliq ishlashi va sogʻlom uyqu uchun javobgardir.
S vitamini organizmda oqsillar va serotonin moddalarini oʻzlashtirishda katta ahamiyatga ega. Sitrus mevalar va ularning sharbatlari salqin mahsulot boʻlsa-da, ulardan tayyorlangan murabbo, qiyom va marmeladlar S vitaminiga boy issiq mahsulot hisoblanadi.
Limonning meʼyordagi isteʼmoli kasallikni haydashda muhim oʻrin tutadi.
Yogʻ kislotalari ular yurak-qon tomir va asab tizimini mustahkamlaydi va kayfiyatga taʼsir qiladi. Ushbu moddalar yongʻoq, zigʻir va bir qator dukkakli ekinlarda koʻp miqdorda mavjud.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring