Salomov Oʻktam Rahimovich Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziriga oʻrinbosar boʻldi

17:33 30 Dekabr 2025 Jamiyat
266 0

Prezident Qarori bilan Salomov Oʻktam Rahimovich oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining oʻrinbosari etib tayinlandi. Bu haqida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

Oʻktam Salomov ushbu tayinlovga qadar Fargʻona davlat texnika universiteti rektori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Maʼlumot uchun, Oʻktam Salomov 1977-yil Buxoro viloyatida tugʻilgan. Fizika fanlar doktori (DSc).

Fizik-olim Andijon mashinasozlik instituti va Turin politexnika universitetlarida rektor, hamda oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari kabi lavozimlarda samarali mehnat qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер