Saxovatdan tiklangan imorat
Dunyoda yaxshiliklarning eng chiroylisi bir oʻksik koʻngilni obod etmoq, desak toʻgʻri boʻladi. Toʻraqoʻrgʻon tumanining Yuqori Moʻgʻultoy mahallasida Moʻminovlar oilasi qish fasli yaqinlashayotgan pallada koʻpchilik koʻmagi bilan tiklangan zamonaviy xonadonga koʻchib kirdi. Uch nafar imkoniyati cheklangan fuqaro yashaydigan bu oila yaqin vaqtgacha ota-bobolaridan qolgan abgor holatdagi, na yangilashga, na taʼmirlashga imkoniyat qolmagan uyda yashab kelayotgan edi.
Shu yilning yozida mahalladoshlar fikrlashib, ularga yangi uy turarjoy qurib berishga chogʻlanishdi. “Qoʻchqor ota” jome masjidi imomi Muhammadjon Soliyev, mahalla raisi Ravshanbek Ergashev, faollar Murodilla Ahmedov, Muhammadjon Abdullayev, Shavkatjon Komilov hasharchilarga bosh turishdi.
Endi xonadon egalarining koʻngli toʻq. Kuni kecha ularga ikki xonali shinam uy topshirildi. Marosim toʻyga aylandi. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi viloyat boshqarmasi vakillari yangi xonadonga bir qator maishiy roʻzgʻor buyumlarini sovgʻaga olib kelishdi.
— Ijtimoiy himoyaga muhtoj bunday oilalar hech qachon yolgʻizlatib qoʻyilmaydi, — deydi uyushmaning Toʻraqoʻrgʻon tuman boʻlimi raisi Muhammadjon Oppoqov. — Avvalo, davlatimiz, qolaversa, savobtalab insonlar mehri bilan qurshab olingan ular. Bugun yangi uyga koʻchib oʻtgan Moʻminovlarning quvonchi xayrli ishda saxovat koʻrsatgan tadbirkorlar, barcha qoʻni-qoʻshnilarning koʻnglini ham shod qildi.
Qudratilla NAJMIDDINOV,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring