Sayyoramizdagi gʻaroyib jonzotlar haqida bilasizmi?

Atrofimizda biz bilan bir qatorda turli xil jonzotlar ham kun koʻrishmoqda. Ularning koʻpchiligi bizning doʻstimiz, baʼzilarini koʻrganimizda bahridilimiz ochiladi. Ammo ularning orasida shunday jonzotlar ham borki, ular hayoti va harakatlari bilan bizni lol qoldiradi.
Quyida eʼtiboringizga shulardan bir nechtasini havola etamiz.
Bu baliqlar tegsa, odam oʻlishi mumkin
Dunyodagi eng zaharli baliqlar hisoblangan “stonefish”, yaʼni toshbaliqlar insonning suvda yashovchi xavfli dushmanlaridan biri, desak, mubolagʻa emas. Ularning bir marotaba teginishi oqibatida odamda tomirlar torayishi, bezovtalik, koʻngil aynishi, qusish, nafas olish qiyinlashishi holatlari kuzatiladi. U hattoki oʻlimga ham sabab boʻlishi mumkin. Odam toshbaliqlar hujumiga uchrasa vaqtni ketkazmay davolanishi darkor. Eng yomoni, ular bilan toʻqnashuvdan keyin alomatlari hafta, hatto oylab insonga azob berishi fanda isbotlangan.
2 yil homiladorlikni boshdan kechiruvchi Afrika fillari
Afrika fillari sutemizuvchilar orasida eng uzoq davr homiladorlikni boshdan kechiradigan jonzot hisoblanib, bu davr ularda ikki yilgacha davom etadi. Olimlarning fikricha, bu jarayon ularning yuqori darajada rivojlangan miyalari bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Ehtimol, shu boisdan ham Afrika fillari murakkab ijtimoiy munosabatlar va idrokiy qobiliyatlarga egadirlar.
U muzlaydi, oʻzini-oʻzi eritib yana tirik qoladi
Togʻ toshi hasharoti nomlangan ushbu gʻaroyib jonzot asosan Yangi Zelandiyada yashaydi. U bir necha oy davomida muzlab yotishi, keyin esa oʻzini-oʻzi eritib, hayotga qaytishi mumkin. Maʼlumotlarga koʻra, uning tana toʻqimalari 80 foizi muzlashga bardosh bera oladi. Hasharot buni qonga oʻxshash suyuqlikda muz kristallari shakllanishiga toʻsqinlik qiluvchi oqsil tufayli yuzaga keltiradi.
20 km. tezlikda sudraluvchi ilon
Qora mambalar — ilonlar orasidagi eng tez harakatlanuvchi jonzot hisoblanadi. Ular soatiga 20 km. tezlikda sudralishadi. Maslahatimiz, ularga duch kelib qolsangiz ogʻzingizni ochib oʻtirmay, oyoqni qoʻlga oling va orqaga qaramay qoching. Maʼlumotlarga koʻra, ushbu ilon odamni chaqsa, uning zahriga qarshi ziddizahar topish uchun insonda bor-yoʻgʻi 20 daqiqa vaqt boʻladi. Aniq faktlarga koʻra, ushbu ilon har yili dunyo boʻylab 20 mingga yaqin odamning oʻlimiga sabab boʻladi.
Ular oʻzidan 600 dan 800 voltgacha tok oʻtkazishi mumkin
Elektr ilonbaliqlari. Oʻylashning oʻziyoq odamning etini junjiktiradi. Mutaxassislarning fikricha, ushbu miqdordagi tok hatto otni oʻldirishi mumkin. Ularning teginishi oqibatida odam tanasida kuyishlar hosil boʻlishi hech gap emas.
Toʻplovchi va tarjimon:
Dildora OʻRINOVA
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring