Sayyor qabuldagi murojaat zamonaviy shifokorlik punkti qurilishiga turtki berdi
Kogon tumanidagi Tut-kunda oilaviy shifokorlik punkti binosi oʻtgan asrning 60-yillarida qurilgandi. Eskini yamaguncha esing ketadi, deganlaridek, hayot uni taʼmirlashdan koʻra, zamon talablariga javob beradigan inshoot qurish zaruratini kun tartibiga qoʻydi. Bundan bir yilcha muqaddam hudud aholisi tuman hokimi oʻtkazgan sayyor qabulda shu masalani oʻrtaga tashladi.
Natija oʻzini koʻp kuttirmadi. Shifokorlik punkti uchun yangi bino qurilishiga kirishildi. Kuni kecha esa uni foydalanishga topshirilishi munosabati bilan tadbir oʻtkazildi.
Marosimda soʻz olgan soha mutasaddilari va tuman faollarining taʼkidlashlaricha, xonalari shu kungi talablar asosida jihozlangan yangi binoda shifokorlarning samarali faoliyat yuritishlari, bemorlarning oʻz dardlariga davo topishlari uchun barcha shart-sharoitlar mavjud. Xususan, muassasaning “Davlat tibbiy xizmatlari raqamlashtirish tizimi”ga toʻliq ulangani bemorlarni ortiqcha ovoragarchilikdan xalos etib, ularning tez shifo topib ketishlariga imkoniyat yaratadi.
Tibbiy maskan yon-atrofdagi beshta qishloqda istiqomat qiluvchi 5300 nafardan ziyod aholiga xizmat koʻrsatadi. Yangi bino 1,5 milliard soʻm miqdoridagi mablagʻ evaziga barpo etildi.
Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring