Sayyohlar eng koʻp tashrif buyuradigan vulqon otilishni boshladi
Gavayi orollarida joylashgan dunyodagi eng faol vulqonlardan biri boʻlgan “Kilauea” vulqoni otilishni boshlagan. Bu haqida AQSH Geologik xizmati maʼlumotlariga tayanib “MNS” nashri xabar bermoqda.
Vulqon 23-dekabrga oʻtar kechasi otilishni boshlagan. Shu sababdan Gavayi milliy bogʻida eng yuqori darajadagi xavf eʼlon qilingan. Aviatsiya xavfi yuqori darajaga koʻtarilgan.
Geologik xizmatning taʼkidlashicha, Vulqon otilishidan ajralib chiqadigan yuqori darajadagi vulqon gazlari, suv bugʻlari, karbonat angidrid va oltingugurt dioksidi inson hayotini xavfga qoʻyadi.
Rasmiylarga koʻra, kuchli shamol vulqon kullarini uchirib, kuldan quyuq tuman hosil qiladi. Aholiga va sayyohlarga imkon qadar bu tuman ichiga tushib qolmaslik tavsiya etildi. Sababi, vulqon tutuni inson terisida achishish, qizarishni keltirib chiqaradi.
Maʼlum qilinishicha, vulqonning soʻngi faolligi shu yilning 15-sentyabrda boshlangan boʻlib, otilgan lavalar 4 gektar maydonni qamrab olgan.
“Kilauea” — Gavayi orolidagi eng yosh, eng faol hamda eng koʻp sayyohlar oqimiga ega vulqon hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring