Saida Mirziyoyeva Jenevadagi BMT binosida “Oʻzbekiston xonasi” ochilishini maʼlum qildi

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Jenevada Oʻzbekiston mustaqilligining 34 yilligiga bagʻishlab tashkil etilgan qabul marosimida nutq soʻzladi.
U oʻz nutqida kelajak, islohotlar, barqaror taraqqiyot, madaniyat haqida, shuningdek, chegaralardan qatʼi nazar, barcha uchun muhim boʻlgan qadriyatlar xususida fikr almashilganini taʼkidladi.
— “Biz kelajak, islohotlar, barqaror taraqqiyot, madaniyat haqida, shuningdek, chegaralardan qatʼi nazar, barchamiz uchun muhim boʻlgan qadriyatlar xususida fikr almashdik. Bir yangilik bilan oʻrtoqlashishdan ayniqsa juda mamnunman: tez orada Jenevadagi BMT binosida “Oʻzbekiston xonasi” ochiladi. Bu — madaniyatimizning moʻjazgina bir boʻlagi koʻp millatli hamjamiyatga namoyish etiladigan maskan boʻladi.
Ushbu maskan har qanday qiyinchilik va ziddiyatlarga qaramay, bizning dunyoga ochiqligimiz ramziga aylanadi”, — dedi Saida Mirziyoyeva.
Shuningdek, u “Oʻzbekiston xonasi”ning ochilishi mamlakatimizning xalqaro hamjamiyatdagi oʻrni va nufuzini yanada oshirishini, milliy qadriyatlarimiz, madaniyatimiz va oʻzligimizni keng jamoatchilikka namoyish etishga xizmat qilishini alohida qayd etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring