Saida Mirziyoyeva Qozogʻiston Senati raisi bilan uchrashdi
Kecha, 5-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qozogʻiston Parlamenti Senati raisi Maulen Ashimboyev bilan uchrashuv oʻtkazdi. Bu haqda Administratsiya rahbari oʻzining Telegram'dagi sahifasida maʼlum qildi.
Mirziyoyevaning yozishicha, suhbat samimiy va doʻstona ruhda oʻtgan. Unda Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasida oliy darajadagi oʻzaro ishonch va yaqin muloqotga asoslangan munosabatlar ancha jadal rivojlanib borayotganini qayd etilgan. 2025-yil ikki tomonlama hamkorlik uchun muhim va samarali bosqich boʻlgani taʼkidlangan.
Suhbat davomida parlamentlararo muloqotlar, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish istiqbollariga eʼtibor qaratilgan.
“Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi amaliy hamkorlik bundan buyon ham izchil mustahkamlanib borishiga ishonaman”, deb yozadi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring