Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston YUNESKO Bosh Konferensiyasining 43-sessiyasini 2025 yilda Samarqandda o‘tkazishga tayyorligini ma’lum qildi
4 sentyabr kuni YUNESKOning Parijdagi Bosh qarorgohida “Abu Rayhon Beruniy. Geografik va intellektual sayohatlar” ko‘rgazmasi ochildi. Loyiha buyuk alloma va mutafakkir tavalludining 1050 yilligiga bag‘ishlangan. Bu haqda Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva xabar berdi.
Tashrif buyuruvchilar vizual installyasiyalar yordamida Abu Rayhon Beruniyning hayoti va ijodi, kashfiyot va izlanishlari haqida ma’lumot olishlari mumkin. Ekspozisiyada allomaning Fransiya milliy kutubxonasi fondidan yig‘ilgan qo‘lyozmalariga alohida joy ajratilgan.
"O‘ylaymanki, ushbu loyiha Yevropa jamoatchiligida katta qiziqish uyg‘otib, buyuk allomalarimiz merosi bilan faxrlanadigan o‘zbek zamini haqidagi tasavvurlarini yanada boyitadi.
Shu o‘rinda O‘zbekiston YUNESKO Bosh Konferensiyasining 43-sessiyasini 2025 yilda Samarqandda o‘tkazishga tayyorligini mamnuniyat bilan ma’lum qilaman! Agar ushbu taklif ma’qullansa, bu tarixiy voqea YUNESKO sessiyalarini faqat Parijda chaqirish bo‘yicha 40 yildan oshiq davom etgan an’anani o‘zgartira oladi", deb yozdi Mirziyoyeva.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring