Saida Mirziyoyeva Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso bilan uchrashdi
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuvda Prezident Administratsiyasi rahbari Prezident Shavkat Mirziyoyevning ochiqlik siyosati va mamlakat farovonligini oshirishga qaratilgan islohotlari tufayli Oʻzbekiston va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarilganini, shuningdek, bank koʻmagida irrigatsiya va “yashil” iqtisodiyot sohalarida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli infratuzilma loyihalarini alohida qayd etish lozimligini taʼkidladi.
“Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso bilan uchrashganimdan xursandman. Biz mamlakatimizdagi koʻplab xotin-qizlar va yoshlarning hayotini ijobiy tomonga oʻzgartirayotgan «Women in Business” va “Youth in Business” dasturlari qoʻllab-quvvatlanayotgani, shuningdek, Qoraqalpogʻistonda hududning barqaror rivojlanishiga qaratilgan loyihalarni yoʻlga qoʻyish boʻyicha hamkorlikni yuksak qadrlaymiz», — deydi Saida Mirziyoyeva.
Mazkur uchrashuv davomida Markaziy Osiyo mamlakatlarining yaxshi qoʻshnichilik borasidagi umumiy saʼy-harakatlari tufayli mintaqada ishonch va hamkorlik muhiti qaror topgani haqida yakdil fikr bildirildi.
“Ishonchim komilki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan sheriklik bundan buyon ham Oʻzbekiston va butun mintaqaning ravnaqiga xizmat qiladi”, — dedi Prezident Administratsiyasi rahbari.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring