Saida Mirziyoyeva YEIning Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Eduards Stiprays bilan uchrashuv oʻtkazdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yordamchisi Saida Mirziyoyeva Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Eduards Stiprays bilan uchrashuv oʻtkazdi. Bu haqda Mirziyoyeva oʻz Telegram kanalida maʼlum qilgan.
Maʼlum qilinishicha, muloqot chogʻida Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi hamkorlikni yana-da mustahkamlash masalalari ochiq va doʻstona muhokama qilingan.

Tomonlar Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarni yanada chuqurlashtirish, jumladan, mintaqaviy tashabbuslarni rivojlantirish boʻyicha oʻzaro fikr almashishdi. Xususan, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, taʼlim sohasini qoʻllab-quvvatlash, suv resurslarini boshqarish va mintaqalararo aloqalarni kengaytirish kabi yoʻnalishlar alohida eʼtiborda boʻldi.
Eduards Stipraysning Markaziy Osiyo mintaqasi bilan bogʻliq boy tajribasi hamkorlikni mustahkamlashga katta hissa qoʻshishiga ishonch bildirildi. Tomonlar konstruktiv va ochiq muloqotning dolzarb masalalarni hal etishda muhim vosita ekanini taʼkidladi.

“Janob Stipraysning mintaqamiz bilan bogʻliq boy kasbiy tajribasi sheriklikni mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonamiz. Ochiq va konstruktiv muloqot uchun minnatdorlik bildiramiz”, deb yozgan Prezident yordamchisi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring