Safina Saʼdullayeva 1,88 smga sakradi. Finalga chiqish uchun qanday natija kerak?

14:12 02 Avgust 2024 Sport
386 0

Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.

Yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Safina Saʼdullayeva “Parij-2024” yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi ishtirokini davom ettirdi.

Yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Safina hamyurtlarimizning bugungi ishtirokini boshlab berdi. Balandlikka sakrash dasturining saralash bosqichida ishtirok etayotgan hamyurtimiz dastlabki ikki urinishni muvaffaqiyatli oʻtkazdi.

Qayd etish kerakki, Saʼdullayeva 1.83 va 1.88 metr balandliklarni birinchi harakatning oʻzida zabt eta oldi. Agarda Safina keyingi bosqichlarda ham yaxshi natija qayd etsa, “A” guruh finalida qatnashish imkoniyatini qoʻlga kiritadi.

Maʼlumot uchun aytish mumkinki, Safina Saʼdullayeva xalqaro toifadagi sport ustasi hisoblanadi va bir qator nufuzli turnirlarda sovrindor boʻlgan.

Avvalroq, Ruslan Abdullayev oʻzining birinchi Olimpiadasida tushunarsiz qarorlar ortidan turnirni tark etgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер