Saat24.news: Jahon savdo tashkilotiga aʼzo davlatlar Oʻzbekistonning tuzilmaga kirishini qoʻllab-quvvatlamoqda

08:13 28 Iyul 2020 Jamiyat
1259 0

Eron Islom Respublikasining Saat24.news axborot-tahliliy portali elektron nashrida “Jahon savdo tashkilotiga aʼzo davlatlar Oʻzbekistonning ushbu tuzilmaga kirishini qoʻllab-quvvatlamoqda” sarlavhali maqola chop etildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

Material Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasining Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha Idoralararo komissiya yigʻilishida va Oʻzbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga qoʻshilishi boʻyicha muzokaralar guruhining videokonferensiya shaklida boʻlib oʻtgan yigʻilishi tafsilotlariga bagʻishlanadi.

Nashrda taʼkidlanishicha, 15 yillik tanaffusdan soʻng tashkilot tarixda birinchi marta JSTga aʼzo davlatlar Oʻzbekiston muzokaralar jarayoni boshlanganidan beri, ishchi guruhning birinchi yigʻilishida, ushbu davlatning tashkilotga qoʻshilishi toʻgʻrisida ishchi guruhi hisobotining asosi boʻlgan Faktual xulosasini shakllantirish bosqichiga oʻtish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

Maqolada, shuningdek, 23 davlat va JST rahbariyatining Bosh direktor oʻrinbosari A.Vulf tomonidan tashkilotga aʼzo boʻlish jarayonida Oʻzbekistonni qoʻllab-quvvatlashi toʻgʻrisida bayonotlar berilganiga alohida urgʻu berilgan.

Taʼkidlanishicha, uchrashuv yakunida Oʻzbekistonning JSTga kirishi maqsadida muzokaralarning navbatdagi bosqichiga oʻtish boʻyicha harakatlar xaritasi tasdiqlandi, aniq rejalar belgilab olinib, jarayon boʻyicha ustuvor vazifalar belgilandi.

Eslatib oʻtamiz, Saat24.news Eronning yetakchi axborot va tahliliy elektron nashri boʻlib, u kun davomida iqtisodiyot, savdo, investitsiya, siyosat va turizm sohasida materiallar, shuningdek, ushbu sohalardagi ekspertlar fikrlari va baholarini nashr qilib boradi.

Axborot agentligi materiallari Eron nashrlari, ekspertlar va ishbilarmon doiralar orasida alohida eʼtibor bilan kuzatib boriladi. Kunida 50 mingdan ortiq oʻquvchi agentlik veb-saytini kuzatib boradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер