Rustam Assakalov bronza uchun Kuba vakiliga qarshi chiqadi
Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.
Yunon-rum kurashi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Rustam Assakalov “Parij-2024” yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi ishtirokini davom ettirdi.
97 kg vazn toifasidagi Rustam bronza uchun oʻtish bahsida Koreya Respublikasi vakili Kim Seung Jungga qarshi kurashdi. Ajoyib gʻalabaga erishgan kurashchimiz bronzani taqdim etadigan bahsda kubalik Gabriel Alexandro Kindelanga qarshi maydonga tushadigan boʻldi.
Maʼlumot uchun aytish mumkinki, Rustam Assakalov 1984-yil 13-iyulda Rossiyaning Novorossiysk viloyatida tugʻilgan. 2013-yildan beri Oʻzbekiston sharafini himoya qilib keladi.
Avvalroq, Yekaterina Shubina marraga eng oxirgi boʻlib kelgan, ammo yarim final uchun kurashda qolgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring