Rus askarlari oʻz sheriklarini oʻldirmoqda

Ukraina razvedka dronlaridan olingan kadrlarda Rus askarlari yarador safdoshlarini otib oʻldirganini koʻrish mumkin. Bu haqida “BILD” Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videotasvirlardan birida yarador rus askari xandaqda yotgani, u boshi va qoʻllarini qimirlatayotgani tasvirlangan. Boshqa bir sherigi esa uning oldiga kelib, koʻzdan kechirib, uchta zarba bilan bosh qismiga jiddiy zarar yetkazadi hamda yoʻlida davom etadi.
Shunga oʻxshash yana bir videotasvir 2024-yilning iyun oyida ham eʼlon qilingan edi. Unda uch nafar rus askari kamikadze droni hujumiga uchragan. Ulardan biri jarohat olib, yerga yiqilib tushganda, uning orqasidan yugurayotgan askar shunchaki yaradorning boshiga oʻq uzadi va yoʻlida davom etadi. Boshqa bir videoda sekin yurayotgan yarador Rus askarini yonidagi boshqa bir sherigi otib tashlaganini koʻrish mumkin. Bunday kadrlar 2024-yil oktyabr va 2025-yil mart oylarida ham ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan.
“BILD” nashri harbiy sharhlovchisi Julian Repkening soʻzlariga koʻra, bunday qotilliklarning sababi Rossiya qurolli kuchlarining hujumkor otryadlarida evakuatsiya xizmati mavjud emasligi bilan bogʻliq.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring