Roʻza Qoʻziyeva Paralimpiyada kumush medaliga ega chiqdi
Foto: Paralimpiya qo‘mitasi
Fransiyaning Parij shahrida oʻtayotgan Paralimpiya oʻyinlarining para pauerlifting bahslarida -73 kg vazn toifasida Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan Roʻza Qoʻziyeva 147 kg tosh koʻtardi va kumush medalga sazovor boʻldi. Musobaqa oltin medali esa braziliyalik Mariana DʻAndreaga (148 kg) nasib qildi.
Aytish joiz, Roʻza bahslar davomida ikki marotaba Paralimpiya oʻyinlari rekordini yangilashga ham ulgurdi. U bunga qadar Tokioda boʻlib oʻtgan XVI Paralimpiya oʻyinlarida ham kumush medalni qoʻlga kiritgan edi.

Shu tariqa Oʻzbekiston delegatsiyasi umumiy 25 ta medal (10 ta oltin, 9 ta kumush, 6 ta bronza) jamgʻargan holda onlayn jadvalning 11-pogʻonasidan joy oldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring