Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasini 60 yoshdan oshganlarga qoʻllash tavsiya etilmadi

Arxiv surat
Rossiyaning N. F. Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy markazi tomonidan ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi vaksinani 60 yoshdan oshganlarga qoʻllashga rasmiy ravishda klinik sinovlarning uchinchi bosqichi tugagandan keyin ruxsat etiladi.
Bu haqda mazkur markazning rasmiy bayonotiga asoslanib TASS xabar bermoqda.
Maʼlumki, Rossiya Federatsiyasi dunyoda birinchi davlat boʻlib, “Covid-19”ga qarshi vaksinani roʻyxatdan oʻtkazgan edi. Preparat N. F. Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy markazi va Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya jamgʻarmasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Unga “Sputnik V” deb nom berilgan edi.
Markaz direktori Aleksandr Ginsburg soʻzlariga koʻra, Rossiyada ayni paytda kuniga oʻrtacha 500-600 kishi ushbu vaksinani qabul qilmoqda va umumiy koʻrsatkich allaqachon 5 ming kishidan oshgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring