Rossiyaga aldanib ishga chaqirilgan nogiron fuqaro qarovsiz qoldirildi
Andijonlik X.A. 2-guruh nogironi, oʻng va chap quloqlarida nuqsoni bor. X.Aning qarindoshlari ishga yaroqsiz ekanligini bilib turib Rossiyaga ishlash uchun chaqiradi. Soʻng qarovsiz, uy-joysiz, mablagʻsiz qoldiradi.
Rossiya Federatsiyasida qonuniy mehnat migratsiyasida boʻlgan fuqaro Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga murojaat qildi va vaqtincha uy-joy, oziq-ovqat bilan taʼminlandi.
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda uyushgan holda ishga joylashtirish tizimini yana-da takomillashtirish va tubdan qayta koʻrib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida Novosibirsk – Toshkent yoʻnalishidagi aviareys uchun chipta xarid qilib berildi.
Vatandan uzoqda qiynalib qolgan X.A. bugun, 20-avgust kuni Oʻzbekistonga qaytarildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring