Rossiyadan kelayotgan tahdid kuchaymoqda — Latviya razvedkasi
Latviya razvedkasi Rossiyadan kelayotgan tahdid kuchayayotgani haqida ogohlantirmoqda. Bu haqida BILD nashri maʼlum qildi.
Xabarda aytilishicha, Latviya konstitutsiyani himoya qilish byurosi tomonidan eʼlon qilingan 2025-yilga moʻljallangan yillik hisobotida Moskvadan kelayotgan xatarlar nafaqat Latviya, balki butun Yevropa miqyosida ortib borayotgani qayd etilgan.
Mazkur hisobotda keltirilishicha, hozirgi vaqtda Rossiya tomonidan Latviyaga nisbatan bevosita harbiy tahdid mavjud emas. Biroq razvedka xizmati Rossiyaning Latviya va boshqa Gʻarb davlatlariga qarshi keskin bayonotlari Moskvaning uzoq muddatli strategik rejalaridan dalolat berishi mumkinligini bildirgan.
Shuningdek, hujjatda Kreml Gʻarbni tobora koʻproq dushman sifatida qabul qilayotgani ham qoʻshimcha qilingan. Latviyalik tahlilchilar Rossiya allaqachon oʻzini Gʻarb bilan toʻgʻridan-toʻgʻri mafkuraviy qarama-qarshilikda deb bilishini taʼkidlashmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring