Rossiyadagi qurilishda 22 yoshli oʻzbekistonlik yigit halok boʻldi
Foto: 29.ru
Rossiyaning Arxangelsk shahridagi qurilish ishlayotgan 22 yoshli oʻzbekistonlik yigit 5-qavatdan yiqilib, halok boʻldi. Bu haqda 29.ru xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 1-oktyabr kuni 22 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi N.S. Arxangelsk shahridagi “Koritsa” turar-joy kompleksida olib borilayotgan qurilish ishlari davomida obyektning 5 qavatidan tushib ketib, vafot etgan.
Ushbu holat yuzasidan Oʻzbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Arxangelsk viloyatidagi vakolatxonasiga tegishli nota yuborilgan.
Mazkur voqea boʻyicha Arxangelsk shahri Solombal okrugi tergov boʻlimi tomonidan RF Jinoyat kodeksining 216-moddasi 2-qismi bilan (qurilish yoki boshqa ishlarni bajarishda xavfsizlik qoidalarini buzish) jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Ushbu holat Bosh konsulxona nazoratiga olingan”, deyiladi Oʻzbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring