Rossiyada yuz bergan YTHda 8 nafar oʻzbekistonlik halok boʻldi

17:20 02 Sentyabr 2024 Jamiyat
583 0

Foto: Telegram

Rossiyaning Nijegorodsk viloyatida ichida Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan mikroavtobus halokatga uchrashi oqibatida 8 kishi halok boʻldi. Bu haqda viloyat politsiyasi Telegramʻdagi kanalida xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, hodisa 2024-yil 1-sentyabr kuni sodir boʻlgan. 32 yoshli tojikistonlik haydovchi “Hyundai” rusumli mikroavtobusining boshqaruvini yoʻqotgan. Shundan soʻng mikroavtobus toʻsiqqa urilib, agʻdarilib ketgan.

Oqibatda uning ichida boʻlgan 11 nafar oʻzbekistonlikning 8 nafari halok boʻlgan. Haydovchi va yana 3 kishi tan jarohatlari olgan. Xabarda haydovchi va yoʻlovchilarning shaxsi ochiqlanmagan.

Mazkur hodisa yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining 264-moddasi 5-qismi (Ehtiyotsizlik oqibatida ikki yoki undan ortiq shaxsning oʻlimiga sabab boʻlgan yoʻl harakati va transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер