Rossiyada Ukraina gerbi aks etgan futbolka kiyib yurgan oʻzbekistonlik jarimaga tortildi

19:34 02 Iyul 2024 Dunyo
281 0

Illyustrativ foto

Moskvada asli oʻzbekistonlik boʻlgan Rossiya fuqarosi Ukraina gerbi tasvirlangan futbolka kiyib, urushni tanqid qilgani uchun jarimaga tortildi. Bu haqda mahalliy Telegram kanallariga tayanib, “Газета.ru” xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, 37 yoshli ayblanuvchi Х.А. shu yilning 25-iyun kuni “Kiyev” metrosi bekatida qoʻlga olingan. Aniqlik kiritilishicha, erkakning futbolkasida Ukraina gerbi tasvirlangan boʻlgan. Bundan tashqari, u oʻsha kuni Rossiyaning Ukrainada urush olib borayotganini tanqid qilgan.

Manbaga koʻra, joriy yilning 27-iyun kuni boʻlib oʻtgan sud majlisida Х.А. oʻz aybiga iqror boʻlgan. Sud uni “Rossiya Qurolli kuchlarini obroʻsizlantirish” moddasi boʻyicha aybdor deb topgan va oʻzbekistonlik 50 ming rubl miqdorida jarimaga tortilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер