Rossiyada Surxondaryo musiqali drama teatri ijodkorlari tomonidan chet eldagi hamyurtlarimiz hayoti aks ettirilgan spektakl qo‘yildi
Foto: “Dunyo” Axborot agentligi.
Oʻzbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan Surxondaryo viloyati hokimligi bilan hamkorlikda Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasining Sibir federal okrugi hududiga ijodiy safari tashkil etilgani haqida xabar bermoqda “Dunyo” Axborot agentligi.
Tomsk shahrining “Avangard” madaniyat uyida, Novosibirsk shahridagi “Yevroaziya” konsert zalida Surxondaryo ushbu jamoa sanʼatkorlarining sahnalashtirilgan “Muhabbatim – qismatim mening” spektakli namoyish etildi.
Spektaklda chet elda doimiy va vaqtincha yashab kelayotgan hamyurtlarimizga oilalarning baxtli hayot kechirishi, farzandlarni toʻgʻri tarbiyalash, oilani mustahkamlash yoʻlida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar, oilani parokanda boʻlishiga olib keladigan xato va kamchiliklar orqali vujudga kelgan qiyinchiliklar sahna koʻrinishlari vositasida ifoda etildi.
Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri bilan Novosibirsk viloyati drama teatri oʻrtasida oʻzaro hamkorlik aloqalarini oʻrnatish boʻyicha ikki tomonlama memorandumlar imzolashga kelishib olindi.
Tadbir ishtirokchilariga Oʻzbekistonda inson qadri va xalq manfaati yoʻlida olib borilayotgan islohotlar, shu jumladan, xorijdagi vatandoshlar va fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlar taqdim etildi.
Ochiq muloqot jarayonida hamyurtlarimiz oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga mufassal javob olishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring