Rossiyada oʻzbekistonlik muhojirlar fast-fuddan zaharlandi

19:32 17 Iyul 2024 Jamiyat
398 0

Rossiyadagi yotoqxonada kamida 15 kishi zaharlanish belgilari bilan kasalxonaga yotqizildi. Mahalliy Telegram kanallari zaharlanganlar asosan oʻzbekistonlik va tojikistonlik mehnat migrantlari boʻlgani haqida yozmoqda.

Moskva Tergov qoʻmitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, voqea joriy yilning 15-iyul kuni Moskva viloyati Dmitrovskoye shossedagi yotoqxonalardan birida yuz bergan. Jabrlanganlarning yetti nafari kasalxonaga yetkazilgan, qolganlarga shifokorlar voqea joyida tibbiy yordam koʻrsatgan.

“Ayni paytda Tergov qoʻmitasi va Rospotrebnadzor xodimlari yotoqxonada, shuningdek, lavash sotadigan yaqin atrofdagi savdo rastalarida tekshiruv oʻtkazmoqda. Hozirda huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan 238-modda (Isteʼmolchilarning hayoti va sogʻligʻi xavfsizligini taʼminlash talablariga javob bermaydigan xizmatlar koʻrsatish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan”, deyiladi xabarda.

Qoʻshimcha qilinishicha, jinoyat ishi doirasida yotoqxonaning hujjatlari va u yerda istiqomat qilayotgan xorijiy fuqarolarning qonuniyligi oʻrganilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер