Rossiyada nega O’zbekistonda ishlab chiqarilayotgan avtomobillar qimmatlashdi?
Rossiya bozorlarida O’zbekistonning “Ravon” markasidagi barcha avtomobillar narxi oshdi. “Avtostat” agentligi tahlilchilari buning sababini aytib o’tishdi.
Ma’lum bo’lishicha, ushbu modellarning qimmatlashuvi birinchi navbatda utilizatsiya bo’yicha to’lov hajmining oshishi bilan bog’liq. Gap shundaki, Rossiyada 1 apreldan boshlab ushbu mamlakatga transport vositalarini olib kirishdagi soliq stavkalari oshirildi. Oqibatda 1,0-2,0 hajmdagi quvvat agregatiga ega avtomobillar uchun boj qiymati 90 foiz ko’tarilib ketdi.
Natijada endilikda Rossiyada turkumiga qarab “Ravon R2” modeli 489-559 ming rubl (8,2 ming-9,3 ming AQSh dollari), “Ravon Nexia” 499-599 ming rubl (8,3-10 ming dollar), “Ravon R4” – 529-659 ming rubl(8,8-11 ming dollar), “Ravon Gentra” 569-699 ming rubl (9,5-11,7 ming dollar) narxda sotilayapti.
Eslatib o’tamiz, joriy yilning birinchi choragida Rossiyada O’zbekistonning “Ravon” brendi ostidagi 4,1 mingta avtomobil xarid qilingan bo’lib, bu o’tgan yilning shu davriga nisbatan 152 foiz ko’pdir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring