Rossiyada migrantlarni biometrik identifikatsiya qilish amaliyoti kengaytiriladi
Rossiya ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsevning maʼlum qilishicha, mamlakatda migrantlarni biometrik identifikatsiya qilish amaliyoti kengaytiriladi. TASS xabar berishicha, bu jarayon tashqi migrantlardan foydalanib, soxta hujjatlar orqali Rossiyaga kirishga urinuvchilarning oldini olishda samarali boʻlmoqda.
Kolokolsevning soʻzlariga koʻra, hozirda “Noqonuniy immigrant” operatsiyasi natijalari yakunlanmoqda. Uning natijalari migratsiya oqimlarini tartibga solish boʻyicha olib borilayotgan saʼy-harakatlar samaradorligini koʻrsatmoqda. Videokuzatuv kompleksi va yuzni tanib olish funksiyasi kabi texnik vositalar qonuniy tartibni buzuvchilarga uzoq vaqt politsiya nazaridan chetda qolish imkonini bermaydi.
Vladimir Kolokolsev shu bilan birga Rossiya prezidenti Vladimir Putin migratsiya sohasida davlat siyosatining kelgusi besh yillik konsepsiyasini tasdiqlaganini eslatdi. Ushbu hujjatda milliy xavfsizlikka ustuvor ahamiyat berilgan.
Bu degani, mahallaga kelayotgan xorijiy fuqarolar nazoratsiz boʻlib qolmasligi kerak. Aks holda, ular jamiyatda nizo va millatlararo ziddiyatlarga sabab boʻladi. Oddiyroq qilib aytganda, bunday shaxslar huquqbuzarlikka qoʻl urmoqda, agressiya koʻrsatadi va jinoyat qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring