Rossiyada migrantlar imtihoniga ayollar bilan muomala qoidalarini kiritish taklif etildi

Foto: Illustrativ foto
Rossiyada “Yangi odamlar” partiyasi deputatlari migrantlar uchun majburiy imtihon tartibini toʻldirish taklifini ilgari surdi. Ularga koʻra, testga ayollar bilan muomala odoblari ham kiritilishi zarur. Bu haqda TASS xabar berdi.
Deputatlar taʼkidlashicha, 2024-yilda Rossiya Federatsiyasida 190 ming nafar shaxs boʻyicha maʼmuriy chiqarib yuborish, deportatsiya va readmissiya qarorlari qabul qilingan. Bu koʻrsatkich 2023-yilga nisbatan 93,8 mingtaga koʻp.
Mualliflar qayd etishicha, chiqarib yuborish sabablari orasida ommaviy tartibbuzarlik, ayniqsa ayollarga nisbatan haqoratli yoki hurmatsiz munosabat, iltimoslar va tajovuz holatlari koʻpayayotgani kuzatilmoqda.
— Migrantlar ayollarga nisbatan madaniy va huquqiy meʼyorlardan xabardor boʻlishi lozim. Har qanday turdagi tajovuz yoki noqulaylik keltiruvchi harakatlar maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi, — deyiladi murojaat matnida.
Deputatlar fikricha, hozirgi paytda rus tili, tarix va qonunchilik asoslari boʻyicha oʻtkaziladigan imtihonga majburiy tarzda “ayollar bilan muomala qoidalari” boʻlimi ham kiritilishi kerak.
Ularning taʼkidlashicha, bu tashabbus migrantlar va mahalliy aholi oʻrtasida nizoli holatlarni kamaytiradi, jamoat joylarida ayollarning xavfsizligini kuchaytiradi hamda jamiyatning davlat migratsiya siyosatiga ishonchini mustahkamlaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring